Onam meni “oppog`im” deydi
Koshki edi tunda ko`rinsam
Onam meni “mehribon” deydi
Bir yilda bir shirin gapirsam

Onam meni “bahorim” deydi
To`rt fasldir yo`qlamasam ham
Onam meni “polvonim” deydi
Dardi-yukin ko`tarmasam ham

Toshbag`ir ekanman beshafqat o`g`il
Onajon o`g`lingda yo`q ekan ko`ngil
Barini angladim angladim bir-bir
Men Shohzamon beshafqat o`g`ilman o`g`il

Hoyu-havas ortidan chopib
Ko`cha-ko`ydan mehribon topib
Yuraverdim taralli-yallo
Yon atrofga baxtiyor boqib

Uyda eshik g`ichirlasa bas
Onam “o`g`lim keldimu” derkan
Men bormasam tonggacha kutib
“O`g`limning ishlari ko`p” derkan

Onam meni “oppog`im” deydi
Koshki edi tunda ko`rinsam
Onam meni “mehribon” deydi
Bir yilda bir shirin gapirsam

Onam meni “bahorim” deydi
To`rt fasldir yo`qlamasam ham
Onam meni “polvonim” deydi
Dardi-yukin ko`tarmasam ham

Toshbag`ir ekanman beshafqat o`g`il
Onajon o`g`lingda yo`q ekan ko`ngil
Barini angladim angladim bir-bir
Men Shohzamon beshafqat o`g`ilman o`g`il