Yuzlaridan nurlar yog'ilgan
So'zlaridan ma'no sochilgan

Yuzlaridan nurlar yog'ilgan
So'zlaridan ma'no sochilgan
Nomlariga ta'rif bitilgan
Assalom ey onajonlarim
Qalbi daryo otajonlarim

Aka uka opajonlarim
Aziz xalqim jonajonlarim

Sizlar bilan olam charog'on
Sizlar bilan ko'ngil farog'on
Sizlar bilan olam charog'on
Sizlar bilan ko'ngil farog'on

Baxtimizga bo'ling sog' omon
Ko'ksimdagi zar marjonlarim
Ey onajon otajonlarim

Aka uka opajonlarim
Aziz xalqim jonajonlarim