Do'stlarini sotganni ko'rdik
O'zi loyga botganni ko'rdik

Otasiga qo'l ko'targanni
Ko'chada xor yotganni ko'rdik

Sirlarimiz bilganni ko'rdik
Ilon bo'lib kirganni ko'rdik

Dasturxonda non tuzimiz yeb
G'iybatimiz qilganni ko'rdik

Ehsoni yo'q boylarni ko'rdik
Kamoni yo'q yoylarni ko'rdik

Bir paytlar sharqirab yotgan
Qurib yotgan soylarni ko'rdik

Vatanini sotganni ko'rdik
Xalqiga tosh otganni ko'rdik

Qarg'ish olib ming azoblarda
Jon berolmay yotganni ko'rdik

Qarg'ish olib ming azoblarda
Jon berolmay yotganni ko'rdik

Ko'rdik ko'rdik ha ko'rdik
Yaxshi-yu yomonini ko'rdik

Ko'rdik ko'rdik eh ko'rdik
Ibratli tomonini ko'rdik