Ortimdan g'iybatlar
Qildilar nechun
Do'st degan do'st bo'ldi
Manfaat uchun
Bir so'z demay ketdi
Yor ko'nglim uchun
Men ularning bariga
Kulib qo'ydim

Tangridan so'radim
Dardimga davo
Do'st degani go'yo
O'zgaruvchan havo
Hayotimda chalindib
Bir dardli navo
Men ularning bariga
Kulib qo'ydim

Oyim so'radilar
Ne bo'ldi deya
Ne dard qiynar seni
Ayt bolam deya
Onamga hammasi
Ajoyib derdim
Men onamga qarab
Jilmayib kuldim