Zo'r man deydi aslida xo'rday bo'ladi
Ko'zi ochiq bir so'qir ko'rday bo'ladi
Yashnamas bundaylar faqat so'ladi
Xotinni onadan ustun qo'yganlar

Davralar to'rida joying bo'lsa ham
So'ngida armoy ko'zlarida nam
Tuyular dunyo ham senga nima kam
Xotinni onadan ustun qo'yganlar

Zolim bo'lma onani qadrla do'stim
Umri evaziga yo'q kam-u ko'sting
Ado bo'ldi u sen esa o'sding
Xotinni onadan ustun qo'yganlar