Siz mening xazinamsiz
Bitmas tugalmas
Yonimda bo'lsangiz bas
Dunyo kerakmas
Ona siz g'amdan
Egilmas boshim
Otam osmonim
Siz esa quyoshim

Tumorimsiz asraydigan yomondan
G'am cheksam parvona
Har to'rt tomondan

Sochlaringizdagi har bir
Oq uchun
Xafa bo'lmang iltimos
Men nodondan

Bag'ringizga boshimni qo'yay onam
Oyoqlaringizni yuvay onam
Duolaringizni olay onam
Jannatim onam
Bag'ringizga boshimni qo'yay onam
Oyoqlaringizni yuvay onam
Boshginamga omon bo'ling onam
Jannatim onam onam