Sevgining qadrini bilar insonlar tirik jonlar
Ishq deya berilgan necha qurbonlar ne zamonlar
Sevgiga baxshida necha dostonlar rost-yolg’onlar
Mahf eta bilmas sevgini zindonlar qatag’onlar

Ishqni qayerdan bilsin ahli nodonlar u yomonlar
Oshiq ko’zlar to karami naysonlar qora qonlar
Jonim-a tanho sevgilim umrim-a ma’no sevgilim
Ko’nglim-a dunyo sevgilim qalbim saningdir yetmaganingdir

Jonim-a tanho sevgilim umrim-a ma’no sevgilim
Ko’nglim-a dunyo sevgilim qalbim saningdir ketmaganingdir
Oshiqqa kun yo’qdir bilmam oh nega bundoq
Azaldan bu javob – bu topishmoq eski jumboq

Oshiqlar ko’zida yoshlari munchoq yana har chog’
Xiyonatdan so’ng aylar bag’rin chok yana aldoq
O’lsa kafani oshiqlar bayroq bo’ladi oq
Shul oshiqqa faqat bera olar firoq qora tuproq