Taq-tuq taq-taq-tuq
Tosh ko‘chasida yurgim yo‘q
Yor yoningga chiqmayman
Bugun seni ko‘rgim yo‘q

Farqlolmaysan hali ham
Atirgulni loladan
Uchrashuvga vaqtida
Kelmaydigan bolasan

Hey-hey-hey
Taq-tuq taq-taq-tuq
Tosh ko‘chasida yurgim yo‘q
Yor yoningga chiqmayman
Bugun seni ko‘rgim yo‘q

Xafa qilding bemalol
Berib bema’ni savol
Ko‘nglingda mendan boshqa
Bormi deya yana yor

Marvaridim uzildi
Uzildi uzildi
Ko‘nglim yomon ezildi
Ezildi ezildi
Hafta o‘tmasdan yorim
Qadring yomon sezildi
Sezildi

Taq-tuq taq-taq-tuq
Tosh ko‘chasida yurgim yo‘q
Yor yoningga chiqmayman
Bugun seni ko‘rgim yo‘q