Ketay do'stlar bu yerlardan
Onajonimni sog'indim

Bolam deb ulg'aytirgan
Mehribonim men sog'indim

Farzandim deb qo'lga olgan
Adashganda yo'lga solgan
Dostonbek deb ism qo'ygan
Onajonimni sog'indim

Qo'llarimdan yetaklagan
Yelkasida opichlagan

Dabdabali to'ylar qilgan
Otajonimni sog'indim

Ketay do'stlar bu yerlardan
Onajonimni sog'indim
Bolam deb ulg'aytirgan
Mehribonim men sog'indim

Onajonimni sog'indim
Volidamni men sog'indim