Sevib qoldim yangajonim sevib qoldim
Bilib-bilmay o`z-o`zimni o`tga soldim
Uchrashtirgan qizingizga uzrim bor –
Yonidagi dugonasin sevib qoldim

Malohatda tengsiz ekan ul qalamqosh
Go`zallikda oylar bilan husn talosh
Dugonasin ta’rif etar tilida bol
Voh bilmas-ey o`zini der yurak bebosh

Sevib qoldim yangajonim sevib qoldim
Bilib-bilmay o`z-o`zimni o`tga soldim
Sevib qoldim yangajonim sevib qoldim
Sevib qoldim sevib qoldim sevib qoldim

Qiyin ekan tanlab sevmoq qiyin ekan
Uchrashuvlar bekor ekan o`yin ekan
Dunyolarning ul chetida bo`lsa hamki
Peshonaga yozmish yoring tayin ekan

Suluv qizlar so`zgir qizlar tinglang meni
Dugonasiz yolg`iz chiqing visol kuni
Dog`da qolmang kuyov bo`lmish o`zi bilmay
Soqchi qizga topshirsa gar yuragini

Sevib qoldim yangajonim sevib qoldim
Bilib-bilmay o`z-o`zimni o`tga soldim
Uchrashtirgan qizingizga uzrim bor –
Yonidagi dugonasin sevib qoldim

Sevib qoldim yangajonim sevib qoldim
Bilib-bilmay o`z-o`zimni o`tga soldim
Sevib qoldim yangajonim sevib qoldim
Sevib qoldim sevib qoldim sevib qoldim

Sevib qoldim yangajonim sevib qoldim
Bilib-bilmay o`z-o`zimni o`tga soldim
Uchrashtirgan qizingizga uzrim bor –
Yonidagi dugonasin sevib qoldim