Qadrdon do'st yurak yaqin odamlarga
Dardim aytib ko'rdim ko'nglim bo'shamadi
Minglab qalblar eshigini ochdim ona
Birontasi o'zingizga o'xshamadi

Qadrdon do'st yurak yaqin odamlarga
Dardim aytib ko'rdim ko'nglim bo'shamadi
Minglab qalblar eshigini ochdim ona
Birontasi o'zingizga o'xshamadi

Darvozasin ochdi katta koshonalar
Zor intizor kutdi ko'plab ostonalar
Parvonalar bo'ldi qancha parvonalar
Birontasi o'zingizga o'xshamadi

Onam betakrorim
Onam beg'uborim
Onam beozorim
Birontasi o'zingizga o'xshamadi

Onam betakrorim
Onam beg'uborim
Onam beozorim
Birontasi o'zingizga o'xshamadi