Bugun ko'chada quvnaysiz
Ertaga yanaga yig'laysiz
Nega ertani o'ylamaysiz
Chimildiq ko'rmagan
Go'zal qizlar

Yuzizdan taralgan
Go'zal nurni
Ko'zizdan chaqnagan
Shirin durni
Kimlar xor qildi
Sizdayin hurni
Chimildiq ko'rmagan
Go'zal qizlar
Bir kunlik oromsiz
Ko'plar uchun
Qadringiz bilinmas
Asli shu uchun

Yashaysiz aytingchi
Kimlar uchun
Chimildiq ko'rmagan
Go'zal qizlar