Sumbulajon-sumbula
Sen mening holim so’ra

Holim zabun aylagan
O’shal sayroq bulbula

Uning ko’zi qarodir
Mening bag’rim yarodir
Aytolmayman dardimni

G’urur yo’ldan urodir
Dardimni dardimni
Dardimni aytolmayman

Muhabbat yomon ekan
Sayrovi hijron ekan
Yonib-yonib yetganing
Dunyoyi armon ekan

Sumbulajon-sumbula
Jafokashga yo’q chora

Endi Sanobaringga
Tangridan to’zim so’ra

Sumbulajon-sumbula
Sen mening holim so’ra
Holim zabun aylagan
O’shal sayroq bulbula