Sho'x kulib bolam
Dilim etib chog'
Shod etar
Ko'zlari munchoq

O'zi ovunchoq shod etar
Kuladi piqillab
Qalbim sehrlab
Farishta go'yo

Ko'rib uni go'zal ko'rinar
Ko'zimga dunyo
Shomu ertalab
Chin dildan aytaman

Shirin shukronani
O'ynasin bolam
Tinglab yuragim
Aytar taronani

Beg'ubor bolajonim
Qizg'aldoq lolajonim
Hayotim ma'nosi
Jonimu jonajonim

Beg'ubor bolajonim
Qizg'aldoq lolajonim
Hayotim ma'nosi
Jonimu jonajonim