Shunday maqom beribdi Alloh
Ne dillarga sevgi solibsiz
Bu dunyodan Yo Rasululloh
Kelmasimdan ketib qolibsiz

Bo'g'zimda bir fig'on jo'sh urar
Yuragimda Hijron nish urar
Go'yo olam sizsiz bo'sh turar
Kelmasimdan ketib qolibsiz

Aytaringiz Hadis Yo Rasul
Amalingiz Sunnat Yo Rasul
Poyingizda Jannat Yo Rasul
Kelmasimdan ketib qolibsiz