Bobolardan meros qolgan
Muqaddas yer yashil chaman
Bolangizdek asrang uni
Ko'zga qilingiz to'tiyo

Obizamzam suvin asrang
Asrang har bir chehcagini
O'shanda siz asragaysiz
Ona yurt kelajagini

Orol bizni tashlab ketdi
Ko'zlarini yoshlab ketdi
Ne ne bog'u bo'stonlarni
Olislarga boshlab ketdi

Asrang siz Amudaryoni
Samarqandu Buxoroni
O'shanda siz asragaysiz
Bolangizga bu dunyoni
Asrang ona tabiatni