Olisdagi mahmadona ey eski olchoq
Menga qadam tashlamoqni o`rgatmagin sen
O`zingga boq keyin mayli nog`orangni qoq
Menga qanday yashamoqni o`rgatmagin sen

Tinchlik deya yurak-bag`ri kuyuk eldir bu
Yaratganning qoshidagi suyul eldir bu
O`tmishi ham kelajagi buyuk eldir bu
Menga qanday yashamoqni o`rgatmagin sen

Agar jannat ko`kda bo`lsa ostidadur O`zbekiston
Agar jannat yerda bo`lsa ustidadur O`zbekiston
Agar jannat ko`kda bo`lsa ostidadur O`zbekiston
Agar jannat yerda bo`lsa ustidadur O`zbekiston

Dala-dashtlar o`z-o`zidan Eram bo`lmagay
Lekin sendan beminnat Karam bo`lmagay
O`zbek eli hech kimsaga qaram bo`lmagay
Menga qanday yashamoqni o`rgatmagin sen

Kitobingda daholarim so`zlari bordir
Devoringda bobolarim izlari bordir
Mag`rur xalqning etu tirnoq do`stlari bordir

O`zbekiston…